Ko‘pchilikka ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik tantanali bayrami tadbirini ko‘tarinki ruhda o‘tkazishda ijodiy guruh a’zolari bilan birgalikda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali talaba-yoshlari ham ishtirok etdi.
Bayram tadbiriga tayyorgarlik ishlarini olib borish bilan birga, talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarida Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohat uyushtirib borildi. Xususan, Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markaziga uyushtirilgan sayohatda unda jamlangan tarixiy manbalar, qo‘lyozmalar, qadimiy kitoblar, ilmiy-ma’rifiy materiallar hamda ajdodlarimizning ilm-fan, madaniyat va ma’rifat rivojiga qo‘shgan hissalari bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, Markaz ekspozitsiyalari orqali talabalar Movarounnahr va Turkiston hududida yashab ijod etgan buyuk mutafakkir va allomalarning ilmiy merosi haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.



Filial matbuot xizmati
![]()