Mamlakatimizning barcha hududlarida yangi o’quv yilining boshlanishi munasabati bilan tadbirlar o’tkazilmoqda. Mana shunday tadbirlarning biri O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida bo’lib o’tdi. Unga jamoatlik tashkilot vakillari, professor -o’qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok qilishdi.
Dastlab, O’zbekiston va Qoraqalpog’iston Respublikalarining davlat madhiyalari yangradi.
Bundan so’ng, filial direktori, filologiya fanlarining nomzodi A. Ayapov, Qoraqalpog’iston Respublikasi Madaniyat vazirligi bo’lim boshlig’i P. Awezmuratov, professor -o’qituvchilardan J. Xojanov, M. Ismaylova, shu jumladan, filial direktor maslahatchisi Q. Yakubovlar so’zga chiqib, yig’ilganlarni O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yillik bayrami, yangi o’quv yilining boshlanishi, shuningdek, talaba bo’lish baxtiga muyassar bo’lgan yoshlarni qutladi.
Tadbirda aytib o’tilganidey, so’nggi yillari elimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, shuning ichida ta’lim sohasidagi ishlar, shu jumladan, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni aytib o’tdi. Bugungi kunda filialda 9 ta’lim yo’nalishi bo’yicha mingdan oshiq yoshlar bilim olmoqda. Shuni ta’kidlab o’tishimiz lozim , bu yilgi o’quv yilidan boshlab , filialda magistratura mutaxassisliklari, bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha yangidan uch mutaxassislik ochildi. Albatta, elimizda ta’lim sohasiga qaratilgan islohatlar yoshlarning malakali kadrlar bo’lib yetilishishiga o’zining ijobiy samarasini ko’rsatishi aniq.
Tadbir mustaqillik darslari bilan davom etti.





Filial matbuot xizmati.
![]()