O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti — Nukus filiali O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Nukus filiali uzdsmi-nf.uz

«TALABALARNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK PORTRETINI YARATISH» MAVZUSIDA SEMINAR-TRENING O‘TKAZILDI

Muallif: ÓzMKÓMI Nókis filialı baspasóz xızmeti
Kategoriya: Yangiliklar
Sana: 10.09.2026

Bugun filial psixologi A.Yusupova tomonidan filialning 1-kurs talaba yoshlariga psixologik trening tashkil etildi. Bundan ko‘zlangan maqsad, talabalarning yangi ta’lim muhitiga moslashishini qo‘llab-quvvatlash, ular o‘rtasida sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish va jamiyatda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.

Trening davomida, talabalarning o‘zaro tanishuvi va jamiyatga moslashishiga qaratilgan turli psixologik mashqlar va interfaol metodlardan foydalanildi. Trening davomida talabalarning bir-birini yaxshiroq tushunishi, samarali muloqot o‘rnatishi va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, talabalar bilan yangi muhitga moslashish, ruhiy holatni boshqarish, stress va hayajonni yengish, o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirish va ijobiy fikrlash mavzularida suhbat va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.


Filial matbuot xizmati

Loading

Foydali manbalar

★ Загрузка...