So‘nggi yillarda mamlakatimizda oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishning asosiy omillaridan biri sifatida professor-o‘qituvchilarni ilmiy-tadqiqotga yo‘naltirish, ularning ilmiy salohiyatini ko‘tarish orqali jahon ilmiy hamjamiyatida, xalqaro nufuzli ilmiy-texnik bazalarda o‘z o‘rniga ega bo‘lishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada Prezidentimiz tomonidan qator qaror va farmonlar qabul qilinib, oliy o‘quv yurtlari oldiga rivojlangan davlatlar tajribasini joriy etishda jahon mezonlari asosida ishlab chiqilgan, yangi-yangi talab va vazifalar belgilab berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024 yil 20 martdagi 76-sonli buyrug‘iga asosan joriy yilning 26 fevral kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida «Teatr va tomoshabin: muammolar va yechim» mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda turli millat vakillaridan professor-o‘qituvchilar, san’atshunoslik bo‘yicha izlanuvchilar, filial professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Konferensiyani filial direktori o‘rinbosari A.Utepbergenov ochib berdi.
Anjumanda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti «Musiqali teatr san’ati» kafedrasi mudiri, professor Rashid Usnatov «Aktyorlik mahoratini o‘rganishda Mixail Aliksandrovich Chexov maktabi» mavzusida, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali «Vokal» kafedrasi professori Gulnara Munteeva «Rus estrada san’atining qoraqalpoq estradasida ta’siri tarixidan» mavzusida, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali «Xalq ijodiyoti» kafedrasi mudiri, professor Gulbaxar Aximbetova «O‘zbek va qoraqalpoq xalq dostonlarining o‘ziga xos xususiyatlari» mavzusida, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida Milliy izlanish universiteti dotranti Nurnazar Prnazarov «Texnogumanistik transformatsiya sharoitida teatr va ixlosmand munosabatlari: ma’naviy qadriyatlar bahosi va muammolari» mavzusida, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat Institut Nukus filiali «Rejissura san’ati» kafedrasi mudiri, professor Lizaxon Urazimbetova «Sistema Stanislavskogo-sistema vositaniye aktyora i rejissyora» mavzusida, «Ipak yo‘li» Xalqaro turizm va madaniy meros universiteti 1-kurs talabasi Gulayim Qozoqboyeva «The role of theater fistivals in the development of cultural tourism» mavzusida ma’ruzalarini o‘qib eshittirdi.
Tadbirda madaniyat va san’at sohasining bugungi masalalari, muammolari va ularning yechimi haqida qimmatli fikr va takliflar bildirildi.
![]()