VAZIR NUKUS SHAHAR 1-SONLI POLITEXNIKUMIGA TASHRIF BUYURDI

Muallif: ÓzMKÓMI Nókis filialı baspasóz xızmeti
Turkum: Yangiliklar
Sana: 29.03.2025

28-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Batirbek Kaipbergenov Nukus shahridagi 1-sonli politexnikumga tashrif buyurdi.

Vazir Nukus shahar 1-sonli politexnikumiga tashrif buyurdi

Tashrif davomida Angliyaning Pearson dasturi boʻyicha xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish yoʻnalishidagi ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, 2025-2026-oʻquv yilidan boshlab yoʻlga qoʻyiladigan xalqaro dasturlar doirasida oʻquvchilarni qabul qilish va oʻquv xonalarini tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Vazirlar, shuningdek, politexnikum hududidagi qurilish va taʼmirlash jarayonlari, binolarning jihozlanishi, loyiha-smeta hujjatlari bilan tanishib, bajarilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalarni berdilar. Ular oʻquv maskani rahbariyati bilan uchrashib, dars jarayonlari bilan yaqindan tanishdi, oʻquvchilar bilan suhbatlashib, ularning fikrlarini tingladi.

Qurilish va taʼlim jarayonlarini yanada yaxshilash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda politexnikum mutaxassislariga muayyan topshiriqlar berildi.

Loading

Foydali manbalar

Загрузка...