Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining Iqtisodiy masalalar boʼyicha o‘rinbosari S.Buzrukxonov O‘zbekiston davalt san’at va madaniyat instituti Nukus filialiga tashrif buyurishdi.
Dastlab, yangidan qurilayotgan 300 o’rinli yotoqxonaning qurilish ishlari va loyihalari bilan tanishdi.


Ta’kidlash joyiz, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 dekabrda “2021-2023 yillarda O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qabul qilingan edi. Qarorga asos 2021-2023 yillarda O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Dasturga muvofiq 2021-2022 yillarda O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali uchun 300 o’rinli yotoqxona imoratin yangidan qurish va o’quv binosini kapital ta’mirlash ishlarini olib borish rejalashtirilgan. Hozirgi vaqtda «TREST 4» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan yotoqxona imoratining qurilish ishlari olib borilmoqda.

Tashrif davomida vazir o‘rinbosarifilialda tashkil etilgan madaniyat va san’at sohasiga ixtisoslashtirilgan «Chevar qo‘llar» markazi va Axborot resurs markazida bo‘lib, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Talabalarga sifatli bilim berishda badiiy, mutaxassislik va qoraqalpoq tilidagi o’qub adabiyotlarni ko‘paytirish va o‘larning elektron bazasini shakllantirish kerakligini ta’kidlab o‘tdi.
![]()