Xotin-qizlarni oilaga tayyorlash, erta turmushni, oilada zoʻravonlikni oldini olish, taʼlim-tarbiya, odob-axloq masalalari mavzusida Ózbekiston davlat sanat va madaniyat instituti Nukus filialida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirni Xotin-qizlar masalalari boʼyicha direktor maslahatchisi O.Qdrniyazova olip bordi.
Unda Nukus shahar 4-sonli IIB profilaktika inspektori, kapitan R.Alimbetov soʼzga chiqib, mamlakatimizda yangi Oʻzbekiston yoshlariga berilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib yanada yaxshi oʻqishga, yangi innovatsion gʻoyalari bilan, yangi ixtirolar yaratishga harakat qilish lozimligi borasida yoʻnalishlar va maslahatlar berdi.
Talaba qizlarni yuksak odob-axloq tamoyillari asosida tarbiyalash, oilaga tayyorlash, kasb-hunarga oʻrgatish, ularda kitobxonlik, kiyinish va muomala madaniyatini, sogʻlom turmush tarzikoʻnikmalarini rivojlantirishning ahamiyati yuksak, oqibati xayrli ekanligini taʼkidladi.


ÓzDSMI Nukus filiali matbuot xizmati
![]()