O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2025 yil 30 maydagi 27/1-378-sonli topshirig‘i va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 13 iyundagi 107-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali «Rejissura san’ati» Kafedra mudiri, professor L.Urazimbetova, «Aktyorlik mahorati» kafedrasi mudiri, dotsent B.Nazarimbetov va professor M.Ismayelovalar tomonidan olis va chekka hududlardagi yoshlarni respublika oliy ta’lim muassasalariga keng jalb etish bo‘yicha tasdiqlangan reja-grafik asosida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Jumladan, bugun Chimboy tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchi o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida abituriyentlarga institutda yaratilgan sharoitlar, ta’lim yo‘nalishlari, qabul jarayonlari va talabalar uchun imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
![]()