AZIZ SAID

Avtor: Gulsara Jartibaeva
Gruppa: Jańalıqlar
Sáne: 22.04.2024

Adib hayoti haqida.1961-yil 21-sentabrda ziyolilar oilasida tug‘ilgan. Surxondaryo viloyati Denov tumani Hazarbog‘ qishlog‘dagi 28- va Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi 5-maktablarda o‘qigan. Ilk she’rlari va maqolalari 5-sinfda o‘qigan paytlaridan boshlab “Qizil Tong”(hozirgi Yangi Qiziltepa) gazetasida chop etilgan. Oilali, 3 nafar farzandning otasi. Hozirda Toshkent shahri Olmazor tumanida yashaydi.

Adibning faoliyati haqida. Mehnat faoliyatini 1976-1977-yillarda Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi fabrikada ishchilikdan boshlagan. So‘ngra 1977-1978-yillarda O‘rta Osiyo Temir yo‘l ta’mirlash stansiyasida temir yo‘l montyori, 1978-1979-yillarda. “Qizil tong” gazetasida korrektor vazifalarida ishlagan.
1984-yilda O‘zbekiston milliy universitetining jurnalistika fakultetini, 1993- yilda mazkur universitetning filologiya fakulteti aspiranturasini bitirgan. “Qizil tong” gazetasida bo‘lim boshlig‘i, mas’ul kotib (1984-1985), G‘afur G‘ulom nashriyotida muharrir (1985-1990), “Yosh kuch” jurnali bosh muharrir o‘rinbosari (1993-1999), “Sinfdosh” jurnali bosh muharriri (1999-2010), “Jahon adabiyoti jurnali mas’ul kotibi (“2010-2011), “XXI asr texnologoyalari” jurnali bosh muharriri o‘rinbosari (2012-2017) vazifalarida ishgan. 2018-yildan hozirga qadar “Sharq yulduzi” jurnali bosh muharriri o‘rinbosari.

Adib ijodi haqida. Aziz Saidning “Chiltor” (1988), “Dili qani Bedilning” (1996), “G‘oyibdan do‘st bilan suhbatlar” (2001) “Vaqt manzili” (2021) kitoblari chop etilgan.

Adibning qanday mukofotlari mavjud: 2021-yilda “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan.

Adibning boshqa (qaysi) tillarga tarjima qilingan asarlari:

She’rlari rus, fransuz, ingliz, bolgar, tojik, ozarbayjon, belorus, venger, hind tillariga tarjima qilingan.

Adib tarjima qilgan asarlar: Tarjimon sifatida Uolt Uitmen (she’rlar), Nozim Hikmat (she’rlar va dramalar), Muin Bsisu (she’rlar), Rene Aviles Fabila (hikoyalar), Migel de Astiruas (hikoyalar), Tomas Ouen (hikoyalar), Bertold Brext (adabiy maqolalar), Paulo Koelo (“Alkimyogar”), Nikolay Shmelev (hikoyalar), Aleksandr Volkov (qissa), Yana Vagner (drama), Sergey Mogilsev (drama), Vitol Gombrovich (drama) asarlaridan namunalarni o‘zbek tiliga o‘girgan.

Adibning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari: Vaqt_manzili telegram kanali

Adib hayoti va ijodi haqidagi kitob va ilmiy asarlar: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi 11-tomida Naim Karimov maqolasida, adabiyotshunoslar Qozoqboy Yo‘ldoshevning “Yoniq so‘z” kitobida, shuningdek, professorlar Botirxon Akramov, Abdulla Ulug‘ovning kitoblarida alohida tadqiq qilingan.

Adib bilan bog‘lanish: 90 939 71.

Loading

Paydalı derekler

Загрузка...