EHTIROMGА MUNOSIB OʼQITUVChI

Avtor: uzdsminfadmin
Gruppa: Jańalıqlar
Sáne: 28.12.2020

«Madaniyat va sanʼat fidokori» koʼkrak nishoni oʼz egalariga topshirildi. Oʼzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Nukus filiali xalq ijodiyoti kafedrasi katta oʼqituvchisi Maxamatdinova Lola Maxammatdinovna Madaniyat vazirining 2020 yil 7 dekabrdagi 464-sonli buyrugʼiga asosan «Madaniyat va sanʼat fidokori» koʼkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Mazkur koʼkrak nishoni Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 martdagi «Madaniyat va sanʼat fidokori» koʼkrak nishonini taʼsis etish toʼgʼrisida»gi 236-sonli sonli qarori bilan taʼsis etilgan.

Koʼkrak nishoni Yangi yil bayrami arafasida Oʼzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri tomonidan tantanali ravishda topshiriladi. Koʼkrak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida bir yoʼla toʼlanadigan pul mukofoti oladi.

L.Maxamatdinova OʼzDSMI Nukus filialining ochilishiga sababchi boʼlgan. 2007 yil birinchi prezidentimiz I.Karimovning Nukus shahriga tashrifi doirasida yoshlar bilan uchrashadi va oʼsha paytda L.Maxamatdinovaning bildirgan fikriga koʼra OʼzDSMI Nukus filiali tashkil etiladi.

А.Qolqanatov

OʼzDSMI Nukus filiali talabasi

Loading

Paydalı derekler

Загрузка...