«DINIY EKSTREMIZM, TERRORIZM VA UNING XAVFLI OQIBATLARI» MAVZUSIDA PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI

Muallif: Gulsara Jartibaeva
Turkum: Yangiliklar
Sana: 17.10.2024

2023-yil 17-oktyabr kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali «Diniy ekstremizm, terrorizm va uning xavfli oqibatlari» mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi

Tadbirda O‘zbekistonga xizmat ko‘rsatgan yoshlar o‘qituvchisi, nuroniy ustoz B. Sultanov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi xodimlari N. Jamalov, Q. Ibragimova, Q. Nizamov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i N. Tajimuradovlar ishtirok etdilar. Tadbirni filialning «Texnogen va san’atshunoslik» fakulteti dekani o‘rinbosari Q. Yakupov kirish so‘zi bilan ochib berdi va boshqarib bordi. Unda filialning profilaktika inspektori, tutorlar, dekan o‘rinbosarlari va talaba-yoshlar qatnashdi.

Tadbirda yoshlarni to‘g‘ri yo‘ldan og‘dirishga harakat qilayotgan kuchlarga qarshi bilim, ilmiy va ma’rifiy kurash zarurligi, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash haqida tushunchalar berildi hamda barcha yoshlarni doimiy ravishda hushyor bo‘lishlariga chaqirildi. Tadbir so‘ngida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Loading

Foydali manbalar