O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti — Nukus filiali O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Nukus filiali uzdsmi-nf.uz

ETAKCHI VA YOSHLAR UCHRASHUVI

Muallif: ÓzMKÓMI Nókis filialı baspasóz xızmeti
Kategoriya: Yangiliklar
Sana: 10.09.2026

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida yangi 2026-2027 o‘quv yiliga qabul qilingan talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada samarali tashkil etish, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni sog‘lom dunyoqarash va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida Yoshlar yetakchisi tomonidan talaba-yoshlar bilan yaqindan tanishish, ularning qiziqishlari, taklif va tashabbuslarini o‘rganish hamda yoshlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga e’tibor qaratildi. Xususan, filial Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti va uning tarkibidagi koordinatorlar faoliyati, talaba-yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ishlari hamda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.


Shuningdek, «Volontyorlar klubi» faoliyati, «Qalqon» jamoatchilik guruhi faoliyati va uning doirasida amalga oshirilgan xayriya va jamoatchilik tashabbuslarida ishtirok etish imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi. Uchrashuv davomida uning faoliyati, asosiy vazifalari, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, xavfsiz va sog‘lom muhitni shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari ham tushuntirildi.

Filial matbuot xizmati

Loading

Foydali manbalar

★ Загрузка...