Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali bilan «Dovutboy Qayipov jamoat fondi» va «Mangu meros» O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘iboti markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Filial direktori K.Yusupov va B.Qayipov hamda tegishli rahbar-mutaxassislar ishtirok etdi.

Filial direktori ta’kidlaganidek, Qoraqalpog‘iston xalq artisti, bulbul – D.Qayipovning ijodi, jumladan, milliy qo‘shiq ijrochiligidagi o‘lmas merosi bugungi kunda ham xalqimizga yuksak ma’naviy suv bag‘ishlab, yosh ijrochilarga tajriba va mahorat maktabini o‘tab kelmoqda. Shu yo‘nalishda Bulbulzibon nomidagi jamoat fondi bilan hamkorlik, Filial uchun, yosh ijrochilarni qo‘llab-quvvatlashda juda muhimdir.

Ma’lumot o‘rnida: ushbu hamkorlik memorandumining asosiy maqsadi – kelgusi 5 yil davomida Respublikamiz hududida san’at va madaniyatni keng targ‘ib qilish, nomoddiy madaniy meros namunalari, folklor, milliy musiqa va uning rang-barang tur va janrlarini o‘rganish, saqlash va kelajak avlodlarga yetkazish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq etishdan iborat.

Filial matbuot xizmati
![]()