ILMIY ISHLARNI ANTIPLAGIAT TIZIMIDA TEKSHIRISH BO‘YICHA SEMINAR O‘TKAZILDI

Muallif: ÓzMKÓMI Nókis filialı baspasóz xızmeti
Turkum: Yangiliklar
Sana: 17.04.2026

Joriy yilning 16 aprel kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida «Antiplagiat tizimini qo‘llash, ilmiy ishlarga qo‘yiladigan talablar» mavzusida seminar o‘tkazildi. Tadbirda bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, filial magistrantlari va talabalari ishtirok etdi.

Seminarda «StrikePlagiarism» kompaniyasi mutaxassisi Verona Bashkareva antiplagiat tizimi, uning ilmiy ishlarni tekshirish funksiyalari, tekshirish mezonlari va talablari, ilmiy mutaxassis va oliy ta’lim muassasasi uchun e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar haqida keng tushuncha berdi. Shuningdek, onlayn formatda ilmiy ishni tekshirish bosqichlari haqida ma’lumotlar berdi.

Seminar davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar berilib, yangi tizimning ahamiyati haqida fikrlar bildirildi.

Filial matbuot xizmati

Loading

Foydali manbalar

Загрузка...