IZLANUVCHINING DISSERTATSIYASI DASTLABKI SEMINARDAN O‘TKAZILDI

Muallif: ÓzMKÓMI Nókis filialı baspasóz xızmeti
Turkum: Yangiliklar
Sana: 17.03.2025

Joriy yil 15-mart kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali «Folklor va etnografiya» kafedrasi o‘qituvchisi Uspanova Ra’no Anvarovnaning 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi, pedagogik ta’limotlar tarixi mutaxassisligi bo‘yicha «Milliy qo‘shiqlar asosida talabalarni millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalash mexanizmlarini shakllantirish» mavzusidagi dissertatsiyasini ilk bor kafedra yig‘ilishida ko‘rib chiqish bo‘yicha qo‘shma seminar bo‘lib o‘tdi. Ilmiy rahbar pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) I.Moyanov.

Qo‘shma seminar filialning «Ijtimoiy-gumanitar fanlar» kafedrasi va «Xalq ijodiyoti» kafedrasi, Esjon baxshi nomidagi bolalar musiqa san’ati maktabi, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining «Pedagogika» va «Umumiy pedagogika va psixologiya» kafedralari, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti «Doston ijrochiligi» kafedralari bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Yig‘ilishni Filial direktorining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Q.Yusupov olib bordi. Seminarda komissiya tarkibi a’zolari tomonidan tadqiqotchining dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, obyekti, predmeti, ilmiy yangiligi muhokama qilinib, dissertatsiya ishi bo‘yicha o‘zlarining fikr-takliflarini bildirdi.

Seminarda tadqiqotchiga komissiya a’zolarining bildirilgan fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda ilmiy faoliyatni yanada takomillashtirish lozimligi ta’kidlanib, yig‘ilish o‘z ishini yakunladi.

Filial matbuot xizmati

Loading

Foydali manbalar

Загрузка...