Bugun 6 iyul kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali 2026-2027 o‘quv yili uchun alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda abituriyentlarga kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar joriy yil 6 iyuldan 10 iyul kunlari oralig‘ida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Bugun quyidagi ta’lim yo‘nalishlari «Kino, televideniye va radio ovoz rejissyorligi», «Qo‘g‘irchoq teatr aktyorligi», «Dramatik teatr rejissyorligi», «Kino va televideniye rejissyorligi», «Estrada va ommaviy tomoshalar rejissyorligi», «Qo‘g‘irchoq teatr rejissyorligi» ta’lim yo‘nalishlari uchun ijodiy imtihon bo‘lib o‘tmoqda.
Ijodiy imtihonlarning shaffof va oshkora tarzda o‘tishi uchun imtihon o‘tkaziladigan auditoriyalarga maxsus kameralar o‘rnatilgan bo‘lib, internet tarmog‘idagi https://kamera.uzdsmi-nf.uz/ manzili orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib borishingiz mumkin.






Filial matbuot xizmati

![]()