Mamlakatimiz bo‘ylab keng ko‘lamda o‘tkazilayotgan VI Respublika «Kitobxonlik haftaligi» doirasida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali talaba-yoshlari o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yini tashkil etildi.

Ushbu tadbir yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, bilimga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish va mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish maqsadida o‘tkazildi. O‘yin davomida ishtirokchilar turli yo‘nalishlardagi mantiqiy, ilmiy, tarixiy va adabiy savollarga javob berib, o‘z bilim va tezkor fikrlash qobiliyatlarini namoyish etdi.

Ushbu intellektual o‘yin «Kitobxonlik haftaligi» doirasidagi muhim ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardan biri sifatida talabalarda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.
Filial matbuot xizmati
![]()