O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti — Nukus filiali O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Nukus filiali uzdsmi-nf.uz

PSIXOLOGIK TRENING O‘TKAZILDI

Muallif: ÓzMKÓMI Nókis filialı baspasóz xızmeti
Kategoriya: Yangiliklar
Sana: 21.09.2026

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali psixologi tomonidan talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning psixologik holati barqarorligini ta’minlash maqsadida turli tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Xususan, bugun filialimizdagi «Dramatik kino aktyorligi» mutaxassisligining 1-kurs talabalariga o‘tkazilgan psixologik trening shunday tadbirlardan biri bo‘ldi. Trening davomida talabalar bir qator interaktiv psixologik mashqlar va rolli o‘yinlarda faol ishtirok etdi.

Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar o‘zaro munosabatlarni barqaror yo‘lga qo‘yish, ichki komplekslarni yengib o‘tish va jamoa ichida o‘z fikrini erkin ifoda etish ko‘nikmalarini amaliyotda sinab ko‘rdi. Ayniqsa, «Liderlik bosqichi» va «Guruh tayanchi» o‘yin-mashqlari talabalarning bir-biriga bo‘lgan ishonchi va hamjihatligini ta’sirli tarzda ochib berdi.

Trening yakunida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ijobiy javoblar olib, ruhiy jihatdan ko‘tarinki kayfiyat va katta ahamiyatga ega bo‘lgan psixologik ko‘nikmalarga ega bo‘ldi. Shu kabi tadbirlar filialimizda yanada davom ettiriladi.

Filial matbuot xizmati

Loading

Foydali manbalar

Загрузка...