Bugun Qoraqalpog’iston Respublikasi Madaniyat vaziri Q.Turdiev filialida yangidan qurilayotgan 300 o’rinli yotoqxonaning qurilish ishlari bilan tanishdi.

Ta’kidlash joyiz, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 dekabrda “2021-2023 yillarda O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qabul qilingan edi. Qarorga asos 2021-2023 yillarda O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Dasturga muvofiq 2021-2022 yillarda O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali uchun 300 o’rinli yotoqxona imoratin yangidan qurish va o’quv binosini kapital ta’mirlash ishlarini olib borish rejalashtirilgan. Hozirgi vaqtda «TREST 4» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan yotoqxona imoratining qurilish ishlari olib borilmoqda.



![]()