Yurtimiz bo‘ylab madaniyat va san’at fidoiylarining ishtirokida “Najot ta’lim berishda”, “Najot tarbiyada”, “Najot bilimda” Ishonch bilimda mavzusi ostida uchrashuv kechalari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun shunday tadbirlarning biri O‘zbekiston davlat, san’at va madaniyat instituti Nukus filialida bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi, taniqli O‘zbekiston san’at fidokori kompozitor, professor Rustam Abdullayev, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining boshliq o‘rinbosari, O‘zbekiston san’at fidokori kompozitor professor Xabibulla Raximov, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a’zosi, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalariga mehnati singgan san’at fidokori Berdaq nomidagi Davlat mukofoti laureati, kompozitor, professor Qurbanbay Zaretdinov, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining ijodiy bo‘limi bosh mutaxassisi musiqa bastakori , “Madaniyat va san’at fidoiysi” ko‘krak nishoni egasi Muhayyo Nabiyeva, kompozitor , “Kelajak bunyodkori” estalik belgisi nishoni egasi, Xalqarolik tanlovlar laureanti Akmal Safarovlar, shuningdek, filial professor-o‘qituvchilari va talaba yoshlari ishtirok etishdi. Dastlab mehmonlarni filial direktori A.Ayapov va jamiyat a’zolari yuqori darajada kutib olindi. Mehmonlar tomosha qilishga tavsiya qilingan ta’lim, san’at va sport yo‘nalishi bo‘yicha turli tanlov va musobaqalarda erishgan yutuqlarini tamosha qildi.
Tadbirni filial direktori A.Ayapov ochib berdi va so‘ngi yillarda yurtimizda madaniyat va san’at yo‘nalishiga qaratilyotgan e’tibor, yo‘nalish fidoiylarining qo‘llab quvvatlashi ostida olib borilayotgan ishlarni alohida aytib o‘tdi.
Shundan so‘ng san’at fidokori , kompozitor, professor Rustam Abdullayev, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining bosh o‘rinbosari, O‘zbekiston san’at fidokori, kompozitor, professor Xabibulla Raximov va boshqalar so‘zga chiqib, yurtimizda ijodkor insonlarga qaratilayotgan ishlarga alohida to‘xtab o‘tib ustozlar yutug‘i , yoshlarning qo‘lga kiritgan yutuqlariga o‘zgacha qiziquvchanlik bilan baho berdi. Tadbirda mehmonlar bugungi uchrashuv kechasining yuqori darajada tashkil qilingani uchun filial direktori A.Ayapov va jamoat a’zolariga, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a’zolarini “Tashakkurnoma” va estalik sovg‘alari bilan taqdirladilar.
Mehmonlar ham o‘zlarining muallifligidagi kitoblaridan filial jamoatiga sovg‘a qilishdi. O‘z o‘rnida filialda shunday uchrashuvni tashkillashtirgani uchun O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a’zolariga o‘z minnadorchiliklarini bildirdilar. Tadbir professor-oqituvchilar va talaba yoshlar tarafidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.
![]()