YANGI O’QUV-USLUVIY ISHLAR

Muallif: ÓzMKÓMI Nókis filialı baspasóz xızmeti
Turkum: Yangiliklar
Sana: 10.07.2026

Filialimiz «Madaniy faoliyat» kafedrasi o‘qituvchisi Saparbayeva Gulshira Abatbayevna tomonidan o‘zbek tilidan qoraqalpoq tiliga tarjima qilingan Abduxalil Mavrulov va Munisa Mavrulova muallifligidagi «Madaniyat nazariyasi» nomli o‘quv qo‘llanma nashrdan chiqarildi.

Ushbu asar milliy madaniyatimizning nazariy asoslarini tushuntirish, yoshlarni vatanparvarlik va yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalash hamda Yangi O‘zbekiston sharoitida madaniyat sohasini qanday rivojlantirish kerakligini o‘rgatadigan qo‘llanmadir.

Yangi O‘zbekistonda ma’naviy barkamol jamiyat va komil insonni tarbiyalashda madaniyatning o‘rni va ahamiyati nimadan iborat? Qo‘llanmada ana shu mamlakat taraqqiyotining asosi bo‘lgan milliy madaniyatning bugungi holati ilmiy jihatdan tahlil qilinib, uni yanada rivojlantirishning nazariy va amaliy yo‘llari umumlashtirilgan holda ko‘rsatib berilgan.

Qo‘llanma madaniyat va san’at sohasi talabalari, o‘qituvchilar hamda milliy ma’naviyat, yoshlar tarbiyasi va madaniyatshunoslik masalalariga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan.

Filial matbuot xizmati

Loading

Foydali manbalar