YOSHLAR MASALASI – KELAJAK MASALASI

Avtor: ÓzMKÓMI Nókis filialı baspasóz xızmeti
Gruppa: Jańalıqlar
Sáne: 28.02.2026

MUNOSABAT

Ta’kidlash joizki, Yangi O‘zbekiston davrida Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan mamlakatimizda yoshlar masalasi eng yuqori va muhim masalalardan biriga aylandi.

Jori yil 24-fevral sanasida Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida tashkil etilgan navbatdagi yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqoti bu boradagi amaliy ishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.

Sababi, uchrashuvda so‘ngi yillarda mamlakatimizda Yangi O‘zbekiston yoshlariga, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayatgan ishlarga to‘xtalib o‘tish bilan birga, ularni yanada qo‘llab-qo‘vvatlash borasida muhim vazifalarni ilgari surdi.

Prezident ta’kidlaginidek, bugungi kundagi eng muhim masalalardan biri – yoshlarni til va kasb-xunarga o‘rgatish, sportga jalb qilish, g’oya, loyiha hamda startaplariga ko‘mak berish, ishli va doramadli qilishdir. Shuningdek, butun O‘zbekistondagi 22 milliondan ziyod yoshlarning uchdan biri tadbirkor bo‘lishni hoqlaydi.

Bu borada, ya’ni yoshlar tadbirlogini qo‘llab-quvvatlash uchun  Prezidentimiz qo‘shimcha 200 million dollar ajaratishni e’lon qildi. Shuningdek, “Kelajak tadbirkori” dasturi, “Yangi avlod tadbirkorlari” tashabbusi, “Yoshlar biznes inkubatori” markazlari, “O‘sish va rivojlanish (Upshift)” loyihasi, volontyorlik harakatini keng qo‘llab-quvvatlash kabi tashabbuslar ilgari surildi.

Bu albatda, biz ta’lim muassasalariga ham yangi vazifalarni yuklaydi. Ma’lumot tariqasida ta’kidlash joizki, ayni paytda Qoraqalpog’iston Respublikasida 14-30 yoshdagi yoshlar soni sal kam 450 mingni tashkil qiladi.

Shundan ayni paytda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida 1674 nafar talaba-yoshlar ta’lim olmaqda. Albatda ularning orasida ham xizmat ko‘rsatish sahosida tadbirkor bo‘lish istagini bildirgan yoshlar ham bor.

 Prezident tashabbuslaridan ma’lum bo‘ladiki, biz O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali san’at va madaniyat sahosida iqtidorli kadrlar tayyorlash, yosh olimlar ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bilan birga, ular bilan muntazam mulaqot olib borib, nafaqat ta’limga, kasb-xunarga, jumladan tadbirkorlikga yo‘naltirishimiz zarur.

Ayni paytda bu borada Filialimizda deyarli har kuni yoshlar bilan mulaqotlar, turli uchrashuvlar tashkil etilib, ularning bandligini ta’minlashda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Umuman olganda, Muhtaram Prezidentimizning yoshlar bilan uchrashuvi va unda samaradorlikga erishish maqsadida ko‘tarilgan tashabbus va vazifalar biz oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlariga ham katta mas’uliyat yuklaydi.

Nagaki, yoshlar masalasi – kelajak masalasi!

K.Yusupov,

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali direktori.

Loading

Paydalı derekler

Загрузка...